Oʻzbekiston yoshlari Osiyo chempionatiga yoʻl oldi
U-23 Osiyo kubogi saralashi 3-turi doirasida Oʻzbekiston – Eron uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

U-23 Osiyo kubogi saralashi 3-turi doirasida Oʻzbekiston – Eron uchrashuvi taqdirini bitta gol hal qildi.
Yagona golni Abbosbek Fayzullayev kiritdi va ashaddiy raqib ustidan gʻalaba qozondi. Endi hamyurtlarimiz keyingi yili boʻlib oʻtadigan qitʼa birinchiligida qatnashadi.
Osiyo Kubogi U-23 saralashi
E guruhi. 3-tur
Toshkent. «Jar» stadioni.
Oʻzbekiston U-23 — Eron U-23 1:0
Gol: Abbosbek Fayzullayev 47.
Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi 2024 yil 15 apreldan 3 maygacha Qatarda boʻlib oʻtadi. Ushbu turnirda dastlabki 3 ta oʻrinni olgan terma jamoalar Parij olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.




