platina.uz
Jamiyat

Buxoroda avtokran qulashi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi

Hodisa shu yilning 5 sentabr kuni yuz bergani maʼlum qilindi.

Buxoroda avtokran qulashi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi

Buxoro shahridagi koʻp qavatli uy qurilishida ishlayotgan fuqarolar avtokran ilgagidagi bunkerdan yiqilib tushishi oqibatida vafot etdi. Hodisa tasvirlari ijtimoiy tarmoq va OAVda eʼlon qilingan.

Hodisa shu yilning 5 sentabr kuni yuz bergani maʼlum qilindi. Tafslotlarga koʻra, qurbonlar koʻp qavatli uy qurilishida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan fuqarolar — qashqadaryolik A.I. hamda N.Q. boʻlgan.

Buxoro viloyat prokuraturasiga koʻra, yuk koʻtarish uchun moʻljallangan avtokranning ilgagiga osilgan bunkerga kirib binoning 8-qavati fasad qismini suvayotgan 21 yoshli fuqarolar avtokran bunkeri bino devoriga tegib, ilgaklari uzilishi natijasida yerga yiqilib, ogʻir tan jarohati olgan.

Ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filialining qayta joylantirish boʻlimida vafot etgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid