platina.uz
Jamiyat

Bogʻchalarda bolalarga boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non berish boshlanadi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

Bogʻchalarda bolalarga boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non berish boshlanadi

2024 yil 1 yanvardan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Prezident farmoni bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.

Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

- har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

- barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

- suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

- qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

- “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Qarorga koʻra, 2024 yil 1 yanvardan:

- davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;

- Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

- banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan:

- umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

- Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid