Oʻzbekiston Qorabogʻdagi saylovlarni tan olmasligini maʼlum qildi
TIV bu haqda bayonot berdi.

Oʻzbekiston Qorabogʻdagi prezidentlik saylovlarini tan olmasligini eʼlon qildi. TIV bu haqda bayonot berdi.
"Oʻzbekiston Respublikasi doʻst Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi va 2023 yil 9 sentabr kuni Qorabogʻda oʻtkazilgan qoʻshtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Togʻli Qorabogʻ milliy assambleyasi (parlamenti) Samvel Shahramanyanni tan olinmagan respublikaning yangi prezidenti etib saylagandi.