platina.uz
Jamiyat

Bugungi kuchli shamollar,  chang-toʻzon va gʻubor yana qancha davom etadi?

Platina.uz  “Oʻzgidromet”dan ana shu savolga javob oldi.

Bugungi kuchli shamollar,  chang-toʻzon va gʻubor yana qancha davom etadi?

Bugun poytaxt Toshkent shahri va Oʻzbekistonning qator hududlarida chang-toʻzonli ob-havo kuzatildi. “Oʻzgidromet” ushbu holatning qancha davom etishi boʻyicha maʼlumot berdi.

“2023 yil 10 sentabrda respublikaning shimoliy-gʻarbiy hududlariga, 11 sentabrda Oʻzbekistonning boshqa hududlariga Kavkaz xududidan salqin va nisbatan nam havo oqimlari kirib keldi. Gʻarbiy oqim fronti respublikaning koʻpchilik hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va choʻl hududlarda 20 m/s kuchayishiga olib keldi. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol chang-toʻzon bilan qayd etildi, koʻrinuvchanlik 500-2000 metrgacha yomonlashdi.

Kunning ikkinchi yarmida frontal bulutli chiziq Toshkentning gʻarbiy tumanlariga yaqinlashdi. Soat 15:05 dan 16:00 gacha Toshkentda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Shamol yerning qurigan yuzasidan chang zarralarini koʻtardi, bu esa havoning xiralashishiga va koʻrinuvchanlik 1400 metrgacha yomonlashishiga sabab boʻldi.

Toshkentda atmosfera havosidagi RM10 mayda zarrachalarining miqdori 1322 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan qiymatdan 2,4 marta koʻp; RM2,5 219 mkg/m3 mayda zarrachalarining miqdori BSST talablaridan 43 marta koʻp boʻldi. Toshkentda chang-gʻubor bugun, yaʼni 11 sentabr kuni va kechasi davomida saqlanib turadi” deya maʼlumot berdi “Oʻzgidromet”.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent havo ifloslanishi boʻyicha jahon reytingida dastlab toʻrtinchi, soʻngra ikkinchi oʻringacha koʻtarildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid