platina.uz
Jamiyat

Budapeshtga vaʼda qilingan aviparvozlar amalga oshirilmayapti

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida aviareyslar qoʻyilishi avgust oyida maʼlum qilingandi.

Budapeshtga vaʼda qilingan aviparvozlar amalga oshirilmayapti

Oʻzbekiston va Vengriya poytaxtlari oʻrtasidagi toʻgʻridan toʻgʻri aviaparvoz toʻxtab qoldi. Bu haqda Daily News Hungary nashri yozmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Qanot Sharq aviakompaniyasi amalga oshirishi kerak boʻlgan haftada ikki bora reys bekor qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida aviareyslar qoʻyilishi avgust oyida maʼlum qilingandi. Oʻshanda Vengriya tashqi ishlar vaziri Petr Siyyarto va Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovlar oʻzaro kelishuvga erishgandi.

Parvozlar 2023 yilning 20 avgust kunidan boshlanishi belgilangan.

OAVga koʻra, Budapesht aeroportida Toshkentga parvozlar haqida maʼlumot yoʻq, Qanot Sharq aviakompaniyasi ham reyslar bekor qilinganini tasdiqlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid