Braziliya prezidenti Putinni qamamasligini aytib, soʻng gapini inkor etdi
Braziliya Putinni qamashga order bergan Xalqaro sud yuridiksiyasini ratifikatsiya qilgan.

Braziliya prezidenti Lula da Silva bir kun avvalgi chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yildagi G20 sammitida mamlakatga kelsa qamalmasligini aytdi.
Taʼkidlash joizki, Braziliya Putinni qamashga order bergan Xalqaro sud yuridiksiyasini ratifikatsiya qilgan.
Ammo, bugungi chiqishida Braziliya prezidenti Putin borasidagi gaplaridan qaytgan.
"Braziliyada uni hisbga olishadimi, yoʻqmi, bilmayman. Buni hukumat emas, sud tizimi hal qiladi", degan da Silva.
Xalqaro jinoiy sud 17 mart kuni Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. Putin Ukrainaning bosib olingan viloyatlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy oʻtkazishda javobgar deb hisoblanadi. Ushbu sud qaroridan soʻng, Janubiy Afrika avgust oyining oxirida BRIKS sammitini tashkil etish paytida tanlov muammosiga duch keldi, chunki bu mamlakat Rim statutining ishtirokchisi hisoblanadi. Natijada tadbirda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi.