platina.uz
Jahon

Ikki mingdan oshiq qurbon va motam: Marokashdagi zilzila tafsilotlari

Eslatib oʻtamiz, 9 sentabr kuni qurbonlar soni ming kishidan oshib ketgandi. 

Ikki mingdan oshiq qurbon va motam: Marokashdagi zilzila tafsilotlari

Marokashda juma kuni yuz bergan ayanchli zilzila qurbonlari soni 2012 kishiga yetdi, yana 2059 kishi jarohat oldi, ulardan 1404 nafarining ahvoli ogʻir.

Bu haqda qirollik ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Departamentning aniqlik kiritishicha, eng koʻp qurbonlar Al-Hauz va Tarudant viloyatlarida boʻlgan.

Bundan tashqari, Agadir, Azilal, Marrakesh, Tinghir, Uarzazat, Yusufiya va boshqa aholi punktlarida yashovchilar hayot uchun xavfli jarohatlar oldi.

Eslatib oʻtamiz, 9 sentabr kuni qurbonlar soni ming kishidan oshib ketgandi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hodisa sabab Marokash podshohi Muhammad VIga taʼziya maktubi yoʻlladi.

Shuningdek, Marokashda uch kunlik motam eʼlon qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid