Fargʻonada qoʻlbola aroq oqibatida vafot etganlar soni oshdi
6 sentabr kuni Oltiariqda bir fuqaro qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogoldan zaharlanib, vafot etgandi.

Fargʻonada qoʻlbola aroq isteʼmoli oqibatida vafot etganlar soni koʻpaydi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga koʻra, zaharlanish oqibatida vafot etganlar soni 4 nafarga yetgan.
Bugun, 10 sentabr kuni zaharlanish oqibatida fuqaro A.X., joriy yilning 8 sentabr kuni esa Q.D. vafot etgan.
Bundan tashqari, viloyatning Qoʻshtepa tumanida fuqaro M.B. ham zaharlanishdan olamdan oʻtgan .
Avvalroq 6 sentabr kuni Oltiariq tumanida bir fuqaro qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogoldan zaharlanib, vafot etgandi.




