platina.uz
Jamiyat

Ayrim vitaminlarning koʻp miqdori saratonga olib kelishi mumkinligi aniqlandi

Xususan, organizmdagi bu vitaminlarning koʻpayishi yangi qon tomirlarining oʻsishiga olib kelishi mumkin.

Ayrim vitaminlarning koʻp miqdori saratonga olib kelishi mumkinligi aniqlandi

Shvetsiyadagi Karolina universiteti tadqiqotchilari ortiqcha miqdorda qabul qilinsa saraton rivojlanishiga turtki boʻladigan ikkita vitaminni aniqladilar.

Olimlarning fikriga koʻra, bu vitaminlar C va Ye sanaladi. Ularning haddan tashqari miqdori xavfli boʻlishi mumkin. Xususan, organizmdagi bu vitaminlarning koʻpayishi yangi qon tomirlarining oʻsishiga olib kelishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, toʻqimalarning kislorod bilan toʻyinganligiga va natijada saraton hujayralarining oʻsishiga olib keladi.

Tadqiqotchilar tajriba oʻtkazdilar, unda saraton kasalligiga chalingan kemiruvchilarni kuzatdilar va oʻsmalarning oʻsish surʼati antioksidantlar dozasining oshishiga mutanosib ravishda oshgan degan xulosaga kelishdi. Bu ularning vitaminlarni ortiqcha isteʼmol qilish xavfi haqidagi taxminlarini tasdiqladi. Tekshiruvlar oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlarga ham, biologik faol qoʻshimchalar tarkibiga kiruvchi vitaminlarga ham tegishli, deb yozadi The Journal of Clinical Investigation.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid