Alisher Usmonov va Lev Tolstoy, Fransiyadagi senzura
Platina.uz 9 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

9 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
- Butunjahon goʻzallik kuni – bayram 1995 yilda CIDESCO xalqaro estetika va kosmetologiya qoʻmitasi tomonidan taʼsis etilgan.
- Bugun Shimoliy Koreyada Respublika kuni.
- Tojikistonda Mustaqillik kuni.
1570 yil – turklar Nikosiyani (Kipr) egallab olishgan.
1776 yil – Ikkinchi Kontinental Kongress Amerika Birlashgan Koloniyalarining yangi nomini – Amerika Qoʻshma Shtatlarini tasdiqladi.
1835 yil — Fransiyada matbuotga nisbatan qattiq senzura joriy etildi.
1886 yil — Shveysariyaning Bern shahrida mualliflik huquqi sohasidagi birinchi xalqaro shartnoma boʻlgan adabiy va sanʼat asarlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya imzolandi.
1911 yil – Angliyada havo pochtasi ishlay boshladi.
1918 yil – Turkiston respublikasi hukumati “Umumiy mehnat majburiyatini hayotga tatbiq etish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Yangi adabiyotlarda berilishicha, ana shu qarorga muvofiq “mehnat bilan shugʻullanmaydiganlar” zoʻrlik bilan jamoat ishlariga jalb etilgan.
1920 yil – Turkiston respublikasi hukumati “Konsentratsion lagerlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqladi. Bu qanchadan-qancha insonlarni, shu jumladan, mutlaqo aybsiz kishilarni sud va tergov qilmasdan qamab qoʻyish uchun keng yoʻl ochilganidan, bundan buyon bolsheviklarning totalitar tartiboti oʻlkada davlat siyosati darajasiga koʻtarilganidan dalolat berardi.
1923 yil – Mustafo Kamol Otaturk Turkiyada Respublika Xalq partiyasiga asos soldi.
1970 yil – "VAZ-2101" - "Jiguli" avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
1991 yil – SSSR Tashqi ishlar vazirligi kollegiyasi tarqatib yuborilganligi eʼlon qilindi.
1993 yil – Moskvada Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Oʻzbekiston bilan Argentina oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Protokol imzolandi.
1999 yil – Toshkentda “Oʻzbekiston-Eron” doʻstlik jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi.
- Muammar Qaddafiy tashabbusi bilan Afrika davlatlari rahbarlarining Sirtdagi (Liviya) yigʻilishida 53 Afrika davlatini birlashtirgan Afrika birligi tashkiloti (OAU) tuzildi. Ushbu tashkilot 2002 yil 9 iyulda rasman Afrika Ittifoqiga aylantirildi.
2001 yil – Afgʻonistonning sobiq mudofaa vaziri, afgʻon qoʻmondoni Ahmad Shoh Masʼud Taxar viloyatida olgan jarohatlari sabab vafot etdi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
- Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni;
2020 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil – Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.
- Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston Strategik rivojlanish agentligi negizida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.
Tavalludlar.
1828 yil — rus yozuvchisi va faylasufi, jahon adabiyoti klassikasi Lev Tolstoy;
1932 yil – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Maqsud Yunusov tavallud topdi. U Oʻzbekiston televideniyesida videofilm janrining asoschilaridan biri hisoblanadi. Maqsud Yunusov 2002 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
1953 yil — Alisher Usmonov, rossiyalik tadbirkor, milliarder tugʻilgan.




