Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni
Platina.uz 8 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

8 sentabr sanasiga bogʻliq xabarlar.
Xalqaro savodxonlik kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida nishonlanadigan xalqaro kunlardan biridir.
Xalqaro fizioterapiya kuni.
Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni. 1958 yili Xalqaro jurnalistlar tashkilotining Buxarestda boʻlib oʻtgan IV kongressi qaroriga binoan, har yili jahonda 8 sentabr Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni (International day of solidarity of journalists) sifatida nishonlanadi. Maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik BMT tomonidan ham ushbu kun Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni deb eʼlon qilingan.
Kun tarixiga oid maʼlumotlarda 1943 yil 8 sentabr kuni Berlinda fashistlar tomonidan qatl qilingan chexoslovakiyalik jurnalist va adabiy tanqidchi Yulius Fuchik xotirasiga bagʻishlab tanlangani keltiriladi. Fuchik Praga qamoqxonasida boʻlgan vaqtida «Dor ostidan reportaj» (Notes from the gallows) kitobini yozgan. Mazkur kitob dunyoning 70 tiliga tarjima qilingan boʻlib, muallif vafotidan soʻng ikki yil oʻtib, 1945 yilda ilk bor chop etilgan, yetti yil oʻtib esa Xalqaro tinchlik sovrini bilan taqdirlangan.
Maʼlumot uchun, Amerika jurnalistlarining eng nufuzli mukofoti hisoblanmish Pulitser mukofotining taqdirlash marosimi ham deyarli har yili 8 sentabrda oʻtkaziladi.
1906 yil – Robert Tyorner yozuv mashinkasini ixtiro qildi.
1951 yil – San-Fransiskoda Yaponiya va ittifoqchilar oʻrtasida tinchlik shartnomasi tuzildi, unga koʻra Yaponiya Janubiy Saxalin va Kuril orollariga boʻlgan barcha huquqlardan voz kechdi (SSSR shartnomani imzolamadi).
1952 yil – Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" romanining birinchi nashri nashr etildi.
1961 yil – Chekishning yurak kasalliklari bilan bogʻliqligi haqida birinchi hisobot paydo boʻldi.
1970 yil – SSSRda oʻrta maktabning nizomi tasdiqlandi.
1991 yil – Makedoniya mustaqillikka erishdi.
1993 yil – Belarus va Rossiya yagona pul makonini saqlashga kelishib oldilar.
2000 yil – Albaniya Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi.
2013 yil – Rossiyada yagona ovoz berish kuni.
2022 yil – Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
- 1952 yildan beri taxtda oʻtirgan onasi Yelizaveta II vafotidan keyin Charlz III Buyuk Britaniya qiroli boʻldi.
- Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavalludlar.
1923 yil – avar shoiri, yozuvchi, publitsist Rasul Hamzatov tugʻilgan.
1933 yil – autizm tashxisi qoʻyilgan birinchi odam sifatida tanilgan amerikalik erkak Donald Gray Triplett tavallud topgan. Unga birinchi boʻlib Leo Kanner tashxis qoʻygan va “1-hol” deb nomlangan. Triplett oʻzining bilimdon qobiliyatlari, xususan, pianinoda ijro etilgan musiqiy notalarni nomlash qobiliyati va tez koʻpaytirish qobiliyati bilan ajralib turgan.
1959 yil – kelib chiqishi pomiriy boʻlgan tojikistonlik qoʻshiqchi, bastakor va aktyor Daler Nazarov tugʻilgan.




