platina.uz
Jamiyat

Kuz Kapadokiya manzaralarini tomosha qilish uchun eng yaxshi fasl

Kuz faslidan bahramand boʻlishingiz va mavsumni maroqli oʻtkazishingiz uchun Kapadokiyada “bajarilishi kerak boʻlgan ishlar” roʻyxatini tuzdik.

Kuz Kapadokiya manzaralarini tomosha qilish uchun eng yaxshi fasl

Kapadokiya oʻzining ertaknamo manzaralari bilan Turkiyaga tashrif buyuradigan barcha sayohatchilarning "ziyorat roʻyxati"da boʻladi. Noyob qoya tuzilmalari, oʻnlab metrli tunnellari boʻlgan ajib yer osti shaharlari, qoyatoshni oʻyish orqali barpo etilgan uylar, cherkovlar, monastirlar, issiq havo sharidagi noyob tajribalar va boshqa yerda uchratishingiz mushkul boʻlgan gʻor mehmonxonalari mintaqaning qiymatini oshiradi. Kuz oylari kelganda, oʻrtacha haroratlar moʻʼtadil darajaga tushadi, tabiat qoʻngʻir tusga kiradi va Kapadokiya oʻz mehmonlarini eng aʼlo tarzda kutib olishni boshlaydi. Kuz faslidan bahramand boʻlishingiz va mavsumni maroqli oʻtkazishingiz uchun Kapadokiyada “bajarilishi kerak boʻlgan ishlar” roʻyxatini tuzdik.

Havo sharida sayohat qiling

Kapadokiya bilan bogʻliq tadbirlar doimo rangli issiq havo sharida osmonda suzishni oʻz ichiga oladi. Erta tongda osmonga sayohat qilish uchun havo sharlari uchib, 800 metr balandlikdan dunyoga mashhur Peri moʻrilarini koʻrish imkonini beradi. Ushbu sayohat, parvoz chogʻida suratga tushishni yaxshi koʻradiganlar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

Kuzda peri moʻrilarlari

Kapadokiya deyilganda, ming yillar davomida shakllangan Peri moʻrilari birinchilardan boʻlib yodga keladi. Peri moʻrilari, Erjiyes, Hasandagʻ va Gulludagʻ kabi turli vulqonlardan otilgan lava va kuldan tashkil topgan qorishma natijasida shakllangan. Bu hudud butun yil davomida betakror boʻlsada, bu manzarani ziyorat qilish va zavqlanish uchun eng yaxshi vaqt sentabr va oktabr oylaridir.

Hayratlanarli yer osti shaharlari

1985 yilda YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Goʻreme ochiq osmon ostidagi muzey mintaqaning eng muhim diqqatga sazovor joylaridan biridir. Goʻreme oʻzining dastlabki qoyalarga oʻyilgan va freskalar bilan bezatilgan xristian monastirlari va cherkovlari bilan ajralib turadi. Miloddan avvalgi 7-8 asrda qurilgan yer osti shaharlari Kapadokiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, tashrif buyuruvchilarga bir vaqtning oʻzida tabiat sehrini, mintaqadagi qadimiy odamlarining meʼmoriy mahoratini his qilish imkonini beradi. Qaymakli, Derinkuyu, Oʻzkonak va Mazi kabi bu yer osti shaharlari qoyalarga oʻyilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida oʻn minglab odamlarni sigʻdira oladigan xonalar, mehmonxonalar, yertoʻlalar, oziq-ovqat omborlari, oshxonalar, molxonalar va ibodatxonalari mavjud.

Gʻor mehmonxonalarida hashamatli tajribalar

Kapadokiyadagi hashamatli gʻor mehmonxonalari mintaqaning hayratlanarli manzarasi bilan mukammal uygʻunlashib, mehmonlarga umrida bir marta boʻladigan tajribani taqdim etadi. Zamonaviy qulayliklarga ega mehmonxonalarga aylantirilgan bu gʻor mehmonxonalar tasavvufiy dizayn va tasalli beruvchi muhitga ega. Quyosh botishi manzarasidan bahramand boʻlib, mahalliy taomlardan isteʼmol qilish - bu salqin mavsumda bajarilishi kerak boʻlgan eng yaxshi mashgʻulotlardandir. Siz kunni qoyalar bilan oʻralgan ochiq suzish havzalarida suzish bilan boshlashingiz va kurortda taskin beruvchi massaj bilan yakunlashingiz mumkin.

Mahalliy lazzatlar

Gʻayrioddiy geografiyaga mezbonlik qilgan Kapadokiya, mazali taomlarga ham mezbonlik qiladi. Oʻzining kulolchiligi bilan mashhur boʻlgan Kapadokiyaning oʻziga xos taomi - sopol idishda pishirilgan kabob (testi kabob). Anʼanaviy loydan yasalgan pechlarda goʻsht, sabzavot va yasmiq shoʻrvasi usti yopiq sopol idishlarda sekin pishiriladi. Siz tatib koʻrishingiz kerak boʻlgan boshqa mahalliy lazzatlar qatoriga - Nevshehir chuchvarasi, mintaqa uzumidan olingan uzum sharbati bilan tayyorlangan Koʻftur - turk lokumi, odatda toza asal bilan birgalikda tortiladigan quyuq qaymoq - Kuru Kaymak va sariyogʻli un holvasi kiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid