Benzinga kompensatsiya miqdori oshirildi
Toʻlovlar "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan moliyashlashtiriladi.

Bir qator shaxslarga benzin sotib olish uchun kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi. Unga koʻra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023 yil 3-chorakdan boshlab 119 640 soʻmni tashkil qiladi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar:
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan;
 - urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
 - mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
 - I va II guruh bolalikdan nogironlar yashash joyi boʻyicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
 
Benzin uchun kompensatsiya toʻlovlari "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan moliyashlashtiriladi.