platina.uz
Jamiyat

Taʼmirlanmagan yoʻllar, elektr va ishsizlik: poytaxdagi masalalarga chora koʻrilmoqda

Infratuzilma holati yaxshilash uchun Bektemir va Yashnobod tumanlarida ichki yoʻllarning 4 kmga yaqin qismi asfalt qilindi.

Taʼmirlanmagan yoʻllar, elektr va ishsizlik: poytaxdagi masalalarga chora koʻrilmoqda

Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan aholi murojaatlari hamda uyma-uy yurib oʻrganishlar natijasida aniqlangan muammolarga yechim topish, joylarda «Obod xonadon», «Obod koʻcha» va «Obod mahalla» mezonlarini joriy etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirmoqda.

Ishchi guruhga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida 3 kun davomida qator ishlar bajarildi.

Jumladan, yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati yaxshilash uchun Bektemir va Yashnobod tumanlarida ichki yoʻllarning 4 kmga yaqin qismi asfalt qilindi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 88 ta beton ustunlar oʻrnatildi, 1,8 km tarmoq tortilib, 2 ta transformator oʻrnatildi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 1,3 km suv quvurlari va 12 ta suv quduqlari joriy taʼmirlandi. Yunusobod, Chilonzor, Mirobod tumanlarida ichimlik suvi quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Gaz taʼminoti boʻyicha 5 km gaz quvurlari qurildi, 3 ta gaz taqsimlash punktlari taʼmirlandi.

Aholi bandligini taʼminlash hamda koʻmakka muxtoj aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi.

Xususan, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 34 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 294,4 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

“Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan “Temir daftar” roʻyxatidagi 14 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 364, 0 mln. soʻmlik quyosh paneli oʻrnatishga mablagʻlar ajratilgan.

“Ayollar daftari” roʻyxatidagi 278 nafar xotin-qizlarga 449,4 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi. “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 68 nafar fuqarolarga 238 mln.soʻmlik yordam koʻrsatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid