Istanbulda halokatli toshqin: qurbonlar bor
Mahalliy hokimiyat odamlarni uyda qolishga chaqirmoqda.

Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida toshqinlar yuz berdi, ikki kishi qurbon boʻlgan. Bu haqda gubernator Dovut Gul xabar bermoqda. Uning qayd etishicha, yaradorlar va oʻlganlar mehmonxonalarda dam olayotgan boʻlgan.
Noqulay ob-havo tufayli yoʻllarning bir qismi daryoga aylangan, jamoat transporti falaj ahvolga kelib qolgan.
Arnavutkyoy va Boshakshehir tumanlari eng koʻp zarar koʻrdi, deya xabar bermoqda TRT telekanali. Qidiruv ishlariga ikki yuz kishi, vertolyotlar va avtomobillar jalb etilgan.
Mahalliy hokimiyat odamlarni uyda qolishga chaqirmoqda. Hozirgacha aholidan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.




