platina.uz
Jahon

Bir guruh jangarilar Afgʻonistondan Tojikiston chegarasini buzib kirdi

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi ularning keyingi taqdiri xususida maʼlumot berdi. 

Bir guruh jangarilar  Afgʻonistondan Tojikiston chegarasini buzib kirdi

Afgʻonistondan Tojikistonga oʻtib, mamlakat mustaqilligi kunida terakt tayyorlashga uringan jangari guruh yoʻq qilindi. Bu haqda tojik OAVlari mamlakat milliy xavfsizlik qoʻmitasiga asoslanib xabar bermoqda.

Joriy yilning 30 avgustiga oʻtar kechasi xalqaro terrorchilik tashkilotining uch nafar aʼzosi Darvaz yoʻnalishidagi Kevron aholi punkti hududida tojik-afgʻon chegara chizigʻini noqonuniy kesib oʻtgan.

“Ularning maqsadi davlat mustaqilligi kuni arafasida Tojikiston hududida terrorchilik harakatini amalga oshirishdir”, deya xabar qilgan mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi.

Hujumga urinish oldindan maʼlum boʻlgan, terrorchilarning joylashuvi va harakatlanish yoʻllari kuzatuvga olingan, ular qurshab olingan.

“5 sentabr kuni ertalab Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining aksilterror guruhi jangarilar turgan joyni oʻrab oldi va taslim boʻlishni talab qildi. Terrorchilar talabga javob bermadi va birinchi boʻlib qurollaridan oʻq uzdi. Shundan soʻng, aksilterror operatsiyasi natijasida terrorchilik guruhining uch nafar aʼzosi yoʻq qilindi”, — deyiladi xabarda.

Jangarilar yonidan qurollar, oʻq-dorilar va pul topilgan. Ular "Jamoati Ansorullo" tashkiloti aʼzolari ekani maʼlum qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid