platina.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev Sherali Joʻrayev vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Eslatib oʻtamiz,  sanʼatkor 4 sentabr kuni vafot etdi. 

Shavkat Mirziyoyev Sherali Joʻrayev vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator taniqli oʻzbek siyosatchilar Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdilar.

Sherali Joʻrayev 1947 yil 12 aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tugʻildi.1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlab, mehnat faoliyatini “Shodlik” ashula va raqs ansamblining xonandasi sifatida boshladi. Koʻp yillar Andijon viloyati filarmoniyasi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi kabi ijodiy tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan.

"Sherali Joʻrayev oʻzining noyob isteʼdodi, betakror ovozi va yuksak ijro mahorati bilan yuzlab yorqin qoʻshiqlar yaratib, xalqimiz oʻrtasida munosib obroʻ-eʼtibor topdi. Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning koʻplab sheʼriy namunalarini kuyga solib, oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatining “oltin fondi”ni boyitishga beqiyos hissa qoʻshdi" deyiladi hamdardlik matnida.

Eslatib oʻtamiz, Sherali Joʻrayev kecha, 4 sentabr kuni vafot etdi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid