Rossiyada ikki yil avval yoʻqolgan oʻzbekistonlik erkakning jasadi topildi
Uning qotili sifatida vatandoshi ayblanmoqda.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2 yil avval gʻoyib boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosining jasadi topildi, u koʻrpaga oʻralgan holda topildi. Bu haqda "Severnaya gazeta" nashri xabar berdi.
Tekshiruv va ekspertiza shuni koʻrsatdiki, jasad 1965 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosiga tegishli boʻlib, uni turmush oʻrtogʻi 2021 yildan beri qidirgan. Hozirda qotillikda gumon qilingan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi.
Erkak oʻz qilmishiga iqror boʻlgan, uning hikoya qilishicha yana bir sherigi bilan birga marhum bilan janjallashib, ijaraga olingan xonadonda uni kaltaklab oʻldirishgan. Shundan soʻng gilam sotib olib, oʻrashganini va tunda koʻrfazga olib chiqib, marhumni suvga oqizib yuborishgan.
Hozirga tergov harakatlari davom etmoqda.




