platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank Oson toʻlov tizimidagi noqonuniy holatni izohladi

Avvalroq Markaziy bank ushbu toʻlov tashkilotiga sanksiya qoʻllagandi.  

Markaziy bank Oson toʻlov tizimidagi noqonuniy holatni izohladi

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqda Oson toʻlov tizimi bilan bogʻliq holatni izohladi.

Jumladan, toʻlov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul oʻtkazmalariga doir oʻrnatilayotgan cheklovlar yuzasidan tarqatilayotgan xabarlar boʻyicha Markaziy bank quyidagilarni bildirgan:

“BRIO GROUP” MChJ toʻlov tashkiloti tomonidan Ichki nazorat qoidalarining (roʻyxat raqami 3266, 2020 yil 30 iyun) 31¹-bandi talablari, yaʼni oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan zaruriy choralar koʻrilmaganligi maʼlum qilinadi.

“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valyuta mablagʻlarini tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Biroq, amaliyotda “BRIO GROUP” MChJ (OSON) toʻlov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvaragʻi orqali yuqoridagi Qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar oʻtkazgan" deyiladi bank izohida.

Avvalroq Markaziy bank ushbu toʻlov tizimiga sanksiya qoʻllagandi.



Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid