platina.uz
Jamiyat

Konvertatsiya ochilgan kun, Indoneziyada dahshatli halokat

Platina.uz  4 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Konvertatsiya ochilgan kun, Indoneziyada dahshatli halokat

5 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Xalqaro xayriya kuni.

Butunjahon choy va qahvalar festivali kuni
Har yili bu bayram festevali 100 dan ortiq choy va kofe kompaniyalari bilan hamkorlikda qandolat mahsulotlari, asal va ichimlik suvlari, inson sogʻligi uchun kerakli mahsulotlari bilan qatnashadilar.
Hindistonda Oʻqituvchilar kuni.
Qozogʻistonda qozoq tili kuni.

Voqealar.

1929 yil – Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti “Ishlab chiqarishni boshqarishni tartibga solish va buyruqbozlik birligini oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qildi. Mazkur qarorda korxonalarni boshqarishda boshqaruv apparati, zavod-zavod komitetlari va partiya yacheykalarining masʼuliyat sohalari belgilab berilgan.
• Fransiya Bosh vaziri A. Brian Yevropa davlatlarini bir davlatga birlashtirishni taklif qildi.
1939 yil – AQSh Ikkinchi jahon urushida betaraflikni eʼlon qildi.
1941 yil – Moskvada 12 yoshgacha boʻlgan barcha bolalar evakuatsiya qilinishi eʼlon qilindi.
1946 yil - Nyu-York fond birjasida 1929 yildagi "katta halokat"dan keyin qimmatli qogʻozlar narxida eng katta pasayish kuzatildi.
1950 yil — Suriyada sotsialistik konstitutsiya qabul qilindi.
1972 yil – Falastinning "Qora sentabr" terrorchilik tashkiloti Myunxendagi Olimpiada oʻyinlari paytida Isroil terma jamoasini qoʻlga oldi
1980 yil – Shveysariyada eng uzun – 16 km – temir yoʻl tunneli ochildi.
1981 yil – Osiyoda OITSdan birinchi oʻlim qayd etildi.
1986 yil – Avstraliyada oʻlim jazosi butunlay bekor qilindi.

1990 yil – IBM birinchi marta ESCON seriyali optik interfeysini eʼlon qildi.
1991 yil – SSSR xalq deputatlari qurultoyi Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasini, shuningdek, suveren davlatlar ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomani va oʻtish davridagi davlat boshqaruvi toʻgʻrisidagi qonunni tayyorlash va imzolash toʻgʻrisida qarorlar qabul qildi. Kongressning oʻzi oʻz vakolatlarini Davlat Kengashi va hali tuzilmagan Oliy Kengashga topshirgan.
1996 yil – Boris Yelsin televideniye orqali yurak operatsiyasiga roziligini eʼlon qildi.
1997 yil – Afina 2004 yilgi Olimpiya oʻyinlari mezboni etib saylandi.
1998 yil – Kim Ir Sen KXDRning abadiy prezidenti etib tayinlandi.

2005 yil – Indoneziyaning Medan shahrida Boeing 737 halokatga uchradi, 149 kishi halok boʻldi.

2007 yil – Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
2008 yil – Nikaragua hukumati Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi.
2009 yil – "Ilinden" dam olish kemasi Makedoniyadagi Ohrid koʻlida haddan tashqari yuklanish tufayli agʻdarilgan va choʻkib ketgan. Bolgariyadan kelgan 15 sayyoh halok boʻldi.
2017 yil – Oʻzbekistonda erkin valyuta konvertatsiyasi joriy etilgan.
2022 yil – Oʻzbekistonda maktab darsliklari bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishida favqulodda muhim oʻrin tutishini hisobga olib hamda maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash maqsadida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi va Xalq taʼlimi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yoʻlga qoʻyish yuzasidan topshiriq berdi.

• Kobuldagi Rossiya elchixonasida portlash yuz berdi.

Tavalludlar.

1905 yil – Oʻzbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla;
1921 yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Fattoh Mirzayev;
• Matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizikamat fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi Vosil Qobulov;
1959 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev;
1981 yil – oʻzbekistonlik sobiq professional futbol yarim himoyachisi, hozirda Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi va Olimpik klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze;
1984 yil – oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos va Internet personi Otabek Mahkamov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid