platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yangi oʻquv yili sabab qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari ochildi

Poytaxtdagi taʼlim maskanlarida navbatdagi oʻquv yili boshlanishi tufayli jamoat transportida tirbandlik ortadi. 

Toshkentda yangi oʻquv yili sabab qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari ochildi

Toshkent shahrida yangi oʻquv yilidan boshlab qoʻshimcha 7 ta yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Poytaxtdagi taʼlim maskanlarida navbatdagi oʻquv yili boshlanishi tufayli jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar oqimi ortadi.

Shu sababli, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahrida 4 sentabr kunidan boshlab avtobus yoʻnalishlari soni 167 taga yetkazildi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshirildi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid