platina.uz
Jahon

Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvida asosiy kelishuvga erishilmadi

Eslatib oʻtamiz, 17 iyul kuni Rossiya Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz portlaridan xavfsiz eksport qilish imkonini beruvchi don shartnomasidan rasman chiqdi.

Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvida asosiy kelishuvga erishilmadi

Bugun, 4 sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida prezident Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, ammo unda asosiy masala, yaʼni Ukrainaga oid don shartnomasini yangilash masalasi hal etilmadi.

“Rossiya qishloq xoʻjaligi eksporti boʻyicha barcha kelishuvlar amalga oshishi bilan biz “gʻalla bitimi”ni qayta tiklash imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyormiz”, dedi Putin uchrashuvdan soʻng.

Rossiya prezidenti rasmiy Kiyevni gumanitar koridorlardan terrorchilik xurujlari uchun foydalanganlikda aybladi, uning iddaosicha ayni paytda Rossiya don yoʻlagi boʻylab xavfsizlikni taʼminlagan.

Eslatib oʻtamiz, 17 iyul kuni Rossiya Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz portlaridan xavfsiz eksport qilish imkonini beruvchi don shartnomasidan rasman chiqdi va yuk tashish xavfsizligi kafolatlarini bekor qildi. Shundan soʻng Rossiya harbiylari Ukraina portlarini bombardimon qila boshladi.

Wall Street Journal diplomatlar va tahlilchilariga koʻra, Erdoʻgʻon “Azovstal” himoyachilarini Ukrainaga qaytarib, Shvetsiyaning NATOga kirishini maʼqullab, Rossiya rasmiylarini “gʻazablantirgan”, natijada don shartnomasi uzaytirilmay qolgan.

Eslatib oʻtamiz, Erdoʻgʻon va Putin uchrashuvi ikki soatdan oshiq davom etdi. Unda Ukraina va Suriya urushi, shuningdek, asirlar masalasi ham koʻrib chiqilgani aytilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid