Oʻzbekistonda tugʻilgan siyosatchi Ukraina mudofaa vaziri boʻladi
Umerov qrim-tatar millatiga mansub, u 1982 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 sentabr kuni kechki murojaatida mudofaa vaziri Aleksiy Reznikovni ishdan boʻshatishga qaror qilganini aytdi. Qaror Oliy Rada tomonidan tasdiqlanganidan keyin uning oʻrnini Davlat mulk jamgʻarmasi rahbari Rustem Umerov egallaydi.
"Aleksey Reznikov 550 kundan ortiq davom etgan keng koʻlamli urushni boshdan kechirdi. Men vazirlikka yangi yondashuvlar va ham harbiylar, ham butun jamiyat bilan hamkorlik qilishning boshqa shakllari kerak, deb hisoblayman”, — dedi Ukraina prezidenti.
“Endi vazirlikka Rustem Umerov rahbarlik qilishi kerak. Ukraina Oliy Radasi bu odamni yaxshi biladi va janob Umerovga boshqa izoh kerak emas. Parlamentdan bu nomzodni qoʻllab-quvvatlashini kutaman. Kuz - kuchayish vaqti”, dedi Zelenskiy.
Umerov qrim-tatar millatiga mansub, u 1982 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1944 yilda Umerovlar oilasi Qrimdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi va faqat SSSR parchalanishi fonida yarimorolga qaytishga muvaffaq boʻldi.