Napaleon III ning qulashi, Beruniy va Rishi Kapur
Platina.uz 4 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

4 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Bugun Oʻzbekiston maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” chalindi va yangi oʻquv yili boshlandi.
Xalqaro taekvondo kuni. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi oʻzining Parijdagi sessiyasida Taekvondo WTF sport turi rasman Olimpiadaga qabul qilinganini eʼlon qildi.
2000 yil Avstraliyaning Sidney shahrida oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ilk bor taekvondochilar qatnashishgan. 2006 yil Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida Bosh Assambleya 4 sentabr sanasini "Butunjahon taekvondo kuni" deb eʼlon qilgan. Shundan buyon har yili ushbu sanada taekvondo kuni bayram qilinadi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 20 mingdan ziyod sportchi taekvondo bilan shugʻullanib kelmoqda. Koʻplab taekvondochilarimiz Jahon va Osiyo chempionatlarida oltin medallarga erishishgan.
Xalqaro kamondan otish kuni. Kamondan otish – bu aniqlik yoki masofa uchun oʻqlar bilan oʻq otiladigan sport turi. Musobaqa qoidalariga koʻra koʻproq ball toʻplagan sportchi yoki jamoa gʻolib hisoblanadi. 1900 yildan beri Olimpiya sporti sanaladi.
Voqealar.
1837 yil – Samuyel Morze birinchi marta Nyu-York universitetida telegraf ixtirosini namoyish etdi.
1870 yil – Fransiyada Napoleon III ning Ikkinchi imperiyasi agʻdarildi va Uchinchi respublika eʼlon qilindi.
1882 yil – Nyu-York shahrida Tomas Edison dunyodagi birinchi markaziy elektr stansiyasini ishga tushirdi va tarixda birinchi marta tijorat elektr yoritgichini yoqdi (jami 85 ta toʻlovchi mijozlar uchun).
1888 yil – amerikalik ixtirochi Jorj Eastman Kodak savdo belgisini roʻyxatdan oʻtkazdi; xuddi shu kuni u kassetlarda rulonli plyonka va bunday plyonkada suratga olish uchun kameraga patent oldi.
1964 yil – NASA oʻzining birinchi orbital geofizik observatoriyasini koinotga chiqardi.
1985 yil – Atlantika dengizi tubidagi Titanik qoldiqlari masofadan boshqarish pulti yordamida suratga olindi.
1991 yilda – Qrimning davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi.
1998 yil – Google kompaniyasiga asos solingan. Google’ga Kaliforniyada asos solingan boʻlib, Larri Peyj va Sergey Brinlar uning asoschilari hisoblanadi.
Tavalludlar
973 yil – islom oltin davrining zabardast xorazmlik qomusiy allomalaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy;
1952 yil – hindistonlik aktyor, rejissyor va prodyuser, bir nechta mukofotlar, jumladan, toʻrtta Filmfare va Milliy kino mukofoti sohibi Rishi Raj Kapur;
1954 yil – iqtisod fanlari doktori, professor, akademik Saidasror Gulyamov;
1973 yil – taniqli oʻzbek jurnalisti, tarjimon, fan doktori Beruniy Alimov;
1986 yil – oʻzbekistonlik taekvondochi, Osiyo chempioni, 2015 yilda jahon chempionati kumush medali sovrindori Jasur Boyqoʻziyev;
1990 yil – yuqori martabali davlat xizmatchisi, jurnalist, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov tavallud topgan.




