Ming yilliklardan "pichirlovchi" noyob yodgorliklar maskani — Adiyaman
1987 yili YuNESKO tomonidan “Jahon Madaniy Merosi” roʻyxatiga kiritilgan Namrud togʻi va atrofidagi haybatli mozor tepaligi, Onadoʻli tuproqlaridagi 18 ta joydan biridir.

Tarix davomida koʻplab sivilizatsiya va madaniyatlarni oʻz ichiga olgan bu qadimiy shahar sizga oʻtmishdan koʻp sirlarni «pichirlaydi». Asrlar davomida ulugʻvorligi bilan butun dunyo eʼtiborini oʻziga tortgan Namrud togʻining «tangrilar va qirollar” nomli haykallarini koʻrish, oʻzining tabiiy goʻzalligi bilan YuNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan ushbu shaharning afsuniga tushishni istasangiz Adiyamanga tashrif buyuring!
Adiyaman Namrud togʻi quyosh chiqishida ham, botishida ham beqiyos boʻlib, sizni lol qoldirish uchun qulogʻingizga pichirlagan qadimgi haykallari sizni hayratda qoldiradi.
Kommagena sivilizatsiyasining insoniyatga tuhfasi boʻlgan Adiyamandagi muhtasham «tangrilar va qirollar” haykallari bilan butun dunyoning diqqat markaziga aylangan Namrud togʻi har yili mehmonlariga rang qoʻshmoqda.

1987 yili YuNESKO tomonidan “Jahon Madaniy Merosi” roʻyxatiga kiritilgan Namrud togʻi va atrofidagi haybatli mozor tepaligi, Onadoʻli tuproqlaridagi 18 ta joydan biridir.
1988 yilda Milliy bogʻ deb eʼlon qilingan mintaqa Turizm Yozuvchilari va Jurnalistlari Xalqaro Federatsiyasi FIJET tomonidan Turizm Oskari deb qabul qilingan “Oltin olma” mukofotiga loyiq deb topildi.
Zevs, Apollon, Gerakl, unumdorlik va omadni ifodalovchi maʼbuda Komagene va butun jasorati bilan qirol Antiox. Ular “xudoning elchisi” burgut va qudrat ramzi boʻlmish Arslon himoyasida ming yillar davomida oʻzlarining butun shuhrati bilan tikilib kelmoqdalar.
Namrud togʻi
Namrud togʻi xarobalari Adiyamanning Kaxta tumani chegaralarida joylashgan. Kommagena qiroli Antiox I tomonidan 2206 metr balandlikdagi Namrud togʻi etagida xudolar va ajdodlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida qurilgan qabrlar va monumental haykallar ellinistik davrning ajoyib namunalaridir. Monumental haykallar sharq, gʻarbiy va shimoliy terrasalarda tarqalgan. Yaxshi saqlangan gigant haykallar ohaktosh va qumtosh bloklaridan yasalgan boʻlib, balandligi 8-10 metrni tashkil qiladi.

Namrud togʻi
Namrud togʻi nekropoli
Dastlabki balandligi 55 metr boʻlsada, tabiat va insonlar taʼsirida yuzlab yillar davomida nekropolning balandligi 50 metrgacha pasaygan. Umumiy hajmi 30 ming kub metr boʻlgan oʻyma toshlarning nekropol ustiga qoʻyish natijasida hosil boʻlgan. Maʼlumki, nekropol Kommagena qiroli Antiox I ga tegishli maqbaradir. 
Namrud togʻi nekropoli
Perre qadimiy shahri
Shahar markazidan 3 kilometr shimolda joylashgan Perre, qadimgi manbalarda Me’arath Gazze Poron, Mesopotamiyada esa Pirin va Perin deb atalgan. Shahar Kommagena qirolligining beshta yirik shaharlaridan biri (miloddan avvalgi 163 - miloddan avvalgi 72 yillar). Malatya (Melitene) va Kommagenaning poytaxti Samsat (Samosata) ni bogʻlaydigan yoʻlda boʻlishi shaharning geosiyosiy ahamiyatini oshiradi.

Perre qadimiy shahri




