platina.uz
Jahon

Ukrainada yirik milliarder va oligarx qamoqqa olindi

Prezident Vladimir Zelenskiy ushbu ish yuzasidan munosabat bildirgan. 

Ukrainada yirik milliarder va oligarx qamoqqa olindi

Ukraina yirik biznesmen, oligarx Igor Kolomoyskiy qamoqqa olindi. Kiyev sudi uni ikki oyga hibs qilishga hukm chiqargan, shuningdek, Kolomoyskiy 509 million griven garov puli chiqib ozodlikda qolishi ham mumkin.

U 2 sentabr kuni Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan.

Ammo oligarx 509 million griven (13,7 million dollar) pul toʻlamaslikka, balki Kiyevdagi Shevchenko sudining qarori ustidan shikoyat qilishga qaror qildi. Bu haqda uning advokatlari jurnalistlarga maʼlum qilishdi.

Xavfsizlik xizmati Kolomoyskiyga Ukraina Jinoyat kodeksining ikki moddasi - firibgarlik va jinoiy yoʻl bilan olingan mulkni legallashtirish (yuvish) boʻyicha ayblov eʼlon qildi.

Kolomoyskiy sud qarori ustidan besh kun ichida shikoyat qilishi mumkin.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, u 2013-2020 yillarda u yarim milliard grivendan koʻproq pulni "yuvgan" va chet elga olib chiqqan.

Kolomoyskiy bu ayblovlarni rad etmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shanba kuni tunda videomurojaatida Kolomoyskiy ishiga yashirincha ishora qilib, urushda gʻalaba qozongan yangi Ukraina “mamlakatni talon-taroj qilgan va oʻzini qonun va har qanday qoidalardan ustun qoʻyganlarsiz barpo etilishi"ni aytdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid