platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Eslatib oʻtamiz, bu yil Islom Karimov vafotiga yetti yil toʻldi. 

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qabr poyiga gul qoʻyib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo oʻqildi.

Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish boʻyicha bir qancha ishlar qilindi. Yurtimizdagi yirik majmualar, shaharlardagi markaziy koʻchalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilindi, Samarqandda maqbara barpo etildi.

Marosimda parlament va hukumat aʼzolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Tadbir yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Islom Karimov vafotiga yetti yil toʻldi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid