Rossiyada Nobel mukofoti sovrindori "xorijiy agent" deya eʼlon qilindi
Eslatib oʻtamiz, Muratov 2021 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotini qoʻlga kiritgandi.

Rossiya adliya vazirligi “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov, Oleg Radzinskiy, sobiq deputat Maksim Reznik, iqtisodchi Konstantin Sonin va komik Ruslan Beliyni xorijiy agentlar roʻyxatiga kiritdi.
Vazirlik izoh berishicha, Muratov "chet el agentlarining xabarlari va materiallarini odamlarning cheklanmagan doirasiga yaratish va tarqatishda ishtirok etgan, Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga salbiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan fikrlarni tarqatish uchun xorijiy platformalardan foydalangan".
Eslatib oʻtamiz, Muratov 2021 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotini qoʻlga kiritgandi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yil Muratovning xorijiy agent deya topilishi mumkinligiga izoh berarkan, bu sodir boʻlmasligini taʼkidlagandi.