platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, Makronning Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti

Bu haqda Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yoʻllangan tabriklarda aytiladi. 

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, Makronning Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Xitoyga boradi, shuningdek Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Oʻzbekistonga kelishi mumkin. Bu haqda Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yoʻllangan tabriklarda aytib oʻtilgan.

Jumladan, Xitoy raisi Si Szinpin tabrigida "Bir makon, bir yoʻl" uchinchi xalqaro hamkorlik forumida ishtirok etish uchun joriy yil oktabr oyida yana Xitoyga kelishingizni intiqlik bilan kutib qolaman" deyiladi. Makron esa "global sheriklikni yuqori darajada rivojlantirishni davom ettirish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishiga umid qilishi"ni aytib oʻtgan.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev quyidagi siyosatchilar tabrik yoʻllagan:

AQSh prezidenti Jo Bayden,

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon,

Rossiya prezidenti Vladimir Putin,

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev,

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston rahbari Emomali Rahmon,

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev,

Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban,

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy,

BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Hindiston prezidenti Draupadi Murmu,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Qatar Davlati Amiri oʻrinbosari Abdulla bin Hamad Ol Soniy,

Oʻmon Sultoni Heysam bin Tariq,

Vengriya Prezidenti Katalin Novak,

Yaponiya Imperatori Naruxito,

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo,

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub,

Belgiyaliklar Qiroli Filipp,

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,

Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel,

Falastidan Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Prezidenti Alan Berse,

Estoniya Respublikasi Prezidenti Alar Karis,

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibroxim Toha,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid