platina.uz
Jahon

Gabonda amaldagi prezident hokimiyatdan agʻdarib tashlandi

Agar jarayon muvaffaqiyatli boʻlsa, bu holat Gʻarbiy va Markaziy Afrikada 2020 yildan beri sakkizinchi davlat toʻntarishi boʻladi.

Gabonda amaldagi prezident hokimiyatdan agʻdarib tashlandi

Gʻarbiy Afrikada joylashgan Gabon davlatida bir guruh yuqori martabali harbiy amaldorlar milliy televideniye orqali hokimiyatni qoʻlga olganliklarini eʼlon qilishdi. Bahsli prezidentlik saylovlaridan bir necha kun oʻtib, 12 nafar harbiy amaldor natijalarni bekor qilishini, chegaralarni yopishini va davlat institutlarini tarqatib yuborishini aytdi. Isyonchilarga koʻra, uchinchi muddatga qayta saylangan prezident Ali Bongo Ondimba hozir uy qamogʻida, uning oʻgʻli hibsga olingan.

Agar jarayon muvaffaqiyatli boʻlsa, bu holat Gʻarbiy va Markaziy Afrikada 2020 yildan beri sakkizinchi davlat toʻntarishi boʻladi.

Hokimiyatni egallab olgan zobitlar Gabonning barcha xavfsizlik va mudofaa kuchlarini vakillik qilishini daʼvo qilmoqda. Biroq Reuters agentligiga koʻra, translyatsiyadan soʻng poytaxt Librevilda kuchli oʻq ovozlari eshitilgan. BBC xizmatining Afrikadagi muharriri Uill Rossning aytishicha, davlat toʻntarishi hali toʻliq muvaffaqiyatga erishmagan boʻlishi mumkin.

Gabonda hokimiyatni kuch bilan egallashga oxirgi urinish 2019 yilda sodir va u muvaffaqiyatsiz tugagan.

Harbiylar shanba kungi saylov natijalari natijalari eʼlon qilingandan soʻng bosh koʻtargan.

Amaldagi prezident Ali Bongo oilasi mamlakatni 1967 yildan beri boshqarib keladi. Uning otasi Omar Bongo 40 yildan ortiq prezidentlik qilgan va bir necha marta korrupsiyada ayblangan.

Ali Bongo bu lavozimni 2009 yilda otasidan olgan. 2016 yilda yangi prezidentlik muddatiga qayta saylandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Niger davlatida hokimiyatni harbiylar qoʻlga olgandi. 2021 yilning oʻzida Afrikada oltita davlat toʻntarishi boʻlgan va ularning toʻrttasi muvaffaqiyatli tugagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid