Bedarak yoʻqolgan bolaning jasadi quduqdan topildi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zangiota tumanida 2021 yilda tugʻilgan bola yashash xonadoni yaqinidagi quduq ichidan oʻlik holda topildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga koʻra, bola bir kun davomida qidirilgan.
Bugun 30 avgust kuni 2 yoshli bola oʻlik holatda topilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 29 avgust kuni soat taxminan 17:30 atrofida Zangiota tumani, Erkin hududi, Qahramon mahallasida yashovchi 2021 yilda tugʻilgan I.U. yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib, qaytib kelmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.