Qoraqalpogʻiston adliya vaziri tayinlandi
U 2007−2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

ElmurodTursunov Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Adliya vazirligi maʼlum qildi. U 2022 yil 30 dekabrdan hozirgi vaqtgacha Qoraqalpogʻiston adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Elmurod Tursunov 1983 yilda Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2006 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2006−2007 yillarda Nukus shahridagi 1-sonli davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007−2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.