platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda eng uzun shokolad tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatilishi kutilyapti

Mutaxassislar fikricha, shokolad – mehrni izhor qilish va yomon kayfiyatdan xalos boʻlishning eng yaxshi usuli.

Oʻzbekistonda eng uzun shokolad tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatilishi kutilyapti

Shu yilning 1 sentabr sanasida poytaxtimiz Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan uzunligi 4 metr boʻlgan shokolad tayyorlanadi. Eng uzun shokolad tashabbuskori esa “Iman chocolate and fruits” jamoasining professional qandolatchilaridir.

“Bilamizki, Oʻzbekiston oʻzining tabiiy va foydali quritilgan mevalari bilan mashhur. Ularda barcha ozuqaviy vitaminlar va minerallar mavjud. Tabiiy, hech qanday kimyoviy aralashmalarsiz quritilgan mevalar haqiqiy kraft shokoladi bilan birlashtirilsa, shubhasiz haqiqiy zavq bagʻishlaydi. Biz shokoladlarini ishlab chiqarishda faqat tabiiy ingrediyentlardan foydalanamiz. Faoliyatimiz "Bean to bar" texnologiyasi asosida dondan to shokolad plitkasigacha boʻlgan jarayonni qamrab olgan. Shokolad ishlab chiqarishda Kot-d'Ivuar mamlakatidan keltirilgan kakao doni va kakao qirindisidan foydalaniladi, – deydi eng uzun shokolad tashabbuskorlari.

Mutaxassislar fikricha, shokolad – mehrni izhor qilish va yomon kayfiyatdan xalos boʻlishning eng yaxshi usuli. Yuqori sifatli kraft shokoladida xurmo, yongʻoq va quritilgan mevalarning ajoyib uygʻunligi esa hech kimni befarq qoldirmaydi va albatta ajoyib muhit bagʻishlaydi.

1 sentabr kuni soat 19:00da “Navroʻz” bogʻida Mustaqilligimizning 32 yilligiga toʻyga toʻyona sifatida boʻlib oʻtadigan tadbirda “Iman chocolate and fruits” jamoasi tomonidan tayyorlangan noyob taʼmga ega shokoladlarni taʼtib koʻrish va rekord darajadagi shokolad tayyorlash jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilmoqda. Tadbirga kirish esa bepul.

Maʼlumot uchun: “Iman chocolate and fruits” jamoasi Oʻzbekiston va xorij qandolatchilik bozorida 3 yildan buyon oʻzining noodatiy va bir-biridan mazzali shirinliklari bilan nom qozongan. Shuningdek, Oʻzbekistonda ham lazzatli shokolad ishlab chiqarish mumkinligini, uni eksport qilish, xorijga joʻnatish, yaqinlarimiz va doʻstlarimizga gʻurur bilan “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” deya faxrlanish mumkinligini isbotlashdir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid