platina.uz
Iqtisod

Ochiq byudjetda majburiy ovoz yigʻish taqiqlandi

Ovoz yigʻishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Ochiq byudjetda majburiy ovoz yigʻish taqiqlandi

Ochiq byudjetda majburiy ovoz yigʻish taqiqlandi va u majburiy mehnat sifatida malakalanadi.

Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–117-son) qabul qilingan.

Unga koʻra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari xodimlarga majburiy ovoz yigʻish boʻyicha topshiriq berishi taqiqlanadi.

Ovoz yigʻishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Eslatib oʻtamiz, Ochiq byudjet uchun ovoz berish 26 avgustdan boshlandi va 15 sentabrga qadar davom etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid