Maktab bozori: narx-navo qanday?

Maktab bozoridagi narx-navolar aholini qoniqtiryaptimi? Platina.uz bu boʻyicha kichik soʻrovnoma oʻtkazdi.

Jamiyat
29-avgust 2023 yil

Yangi oʻquv yili yaqinlashayotgani sayin maktab yoshidagi farzandi bor koʻpchilik ota-onalarni qiziqtirayotgan mavzulardan biri bu maktab bozori. Avvalroq biz bu yilgi “maktab bozori” dagi narxlarni oʻrganib, undan sizlarni xabardor qilgan edik. Xoʻsh, maktab bozoridagi narxlar aholini qoniqtirdimi, bitta bolani maktabga tayyor holatda yuborish uchun qancha mablagʻ sarflandi? Shularni bilish maqsadida kichik soʻrovnoma oʻtkazdik.

Ayrimlar narxlar oshib ketishini bilgan holda bir oy avvaldan maktab bozori qilib boʻlganligini aytishsa, ayrimlar “hali qilmadik, endi qilamiz”  yoki “mana bugun ketyapmiz” deyishmoqda.

Aholimizning aytishicha, bitta bolaga oʻquv qurollarining oʻziga 300-500 ming soʻm atrofida mablagʻ sarflangan, kiyim-kechaklar bilan 1 million 800 minglar atrofida xarajat qilingan. Ular: “Maktab formalari juda qimmat, oʻquv qurollarini ham, maktab formalarini ham qimmat boʻlsayam olishadi. Baribir kerakda”, deyishmoqda.

Yana bir ona: “3 ta bolamga oʻquv-qurollariyu maktab formasiga 5 millionlar ketsa kerak” deydi.

Biroq maktab bozorining narxidan qoniqayotganlar ham bor. Toʻgʻri, hammaning oʻz hamyoni bor va mavsumiy bu sarf-xarajat ham oʻz oʻrnida birovga kimgadir ogʻirlik qiladi, baʼzilarga esa meʼyorida sanaladi. Shunday ekan, mavsumiy hisoblangan maktab bozorining ham turli takliflarini erinmay obdon oʻrganib, sizga maʼqul keladigan meʼyorni tanlab xaridni amalga oshirish oʻrinli boʻladi.

        Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+