platina.uz
Jamiyat

Madaniyat vaziri yana bir MChJ taʼsischilari orasida

Platina.uz nashri ushbu holatga izoh soʻrab, 2023 yil 15 avgustda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga soʻrov yuborgandi.

Madaniyat vaziri yana bir MChJ taʼsischilari orasida

Ochiq maʼlumotlarga koʻra, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OHANGARON MO'JIZA BOG'I MChJning 40 foiz ulushiga egalik qilmoqda.

Platina.uz nashri ushbu holatga izoh soʻrab, 2023 yil 15 avgustda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga soʻrov yuborgan edi. Agentlik savolimizga 10 kundan keyin, 25 avgust kuni javob berishdi.

Rasmiy javobda aytilishicha, Ozodbek Nazarbekov OHANGARON MO'JIZA BOG'I MChJ taʼsischilari orasida yoʻq. Ammo orginfo portalida vazirning ismi taʼsischilar roʻyxatida hamon turibdi.

Platina.uz avvalroq Ozodbek Nazarbekovning “Koba sanʼat majmuasi” MChJning taʼsischisi ekani haqida yozgandi, bu rasman tasdiqlangan va agentlik vazirlikka taqdimnoma kiritgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid