platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuror oʻrinbosariga yangi vazifa yuklatildi

U 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Bosh prokuror oʻrinbosariga yangi vazifa yuklatildi

Bosh prokuror oʻrinbosari Samadov Salom Ismatovichga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi.

Salom Samadov shu yilning fevral oyida Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimidan Bosh prokuror oʻrinbosarligiga tayinlangandi.

Salom Samadov 1963 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzullo Xoʻjayev tumani prokuraturasida boshlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston prokurori oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston prokurori, Oʻzbekiston prezidenti davlat maslahatchisining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid