Tuzni kam isteʼmol qilishning katta foydasi aniqlandi
Mualliflar Buyuk Britaniyadagi 500 000 kishining salomatlik holati va odatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qildi.

Tuzsiz diyeta yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini 20 foizga kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Kyongpuk universiteti olimlarining Britaniyada oʻtkazgan tadqiqotida maʼlum qilindi.
Mualliflar Buyuk Britaniyadagi 500 000 kishining salomatlik holati va odatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qildi. Natijada, ular ovqatni tuzsiz isteʼmol qilgan odamlarda atrial fibrillatsiya kasalligi boshqalarga qaraganda 18 foizga kamroq ekanligini aniqladilar. Vaqti-vaqti bilan tuzni isteʼmol qiladiganlar uchun xavf 15 foizga kam boʻlgan.
"Ushbu tadqiqot kuniga olti grammdan koʻp boʻlmagan tuz - taxminan bir choy qoshiq isteʼmol qilish tavsiyasiga amal qilish barchamizga foyda keltirishi mumkinligi haqida foydali eslatma", dedi Britaniya yurak jamgʻarmasi professori Jeyms Leyper.
Atrial fibrillatsiya - bu tartibsiz va gʻayritabiiy tez yurak urishiga olib keladigan kasallik. Ushbu kasallikka chalingan odamlar bosh aylanishi, nafas qisilishi va charchoqdan shikoyat qiladilar. Uzoq muddatda ular insultga chalinish ehtimoli besh baravar yuqori. Britaniyada ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar soni soʻnggi oʻn yil ichida 50 foizga oshib, 1,5 millionga yetdi.