platina.uz
Jahon

Tojikistonda kuchli sel oqibatida 13 kishi halok boʻldi

Vahdatda 11 kishi, Rudakiy viloyatida 2 kishi qurbon boʻldi, deyiladi xabarda.

Tojikistonda kuchli sel oqibatida 13 kishi halok boʻldi

Tojikistonda 27 avgust kuni kuchli yogʻingarchilik oqibatida Vahdat shahri va Rudakiy tumanida 13 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati. Emomali Rahmon halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.

Taʼkidlanishicha, kuchli sel-toshqinlar sabab Vahdatda 11 kishi, Rudakiy viloyatida 2 kishi qurbon boʻldi, deyiladi xabarda.

Davlati rahbari, shuningdek, Bosh vazirga, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasiga, shuningdek, boshqa vakolatli organlarga halok boʻlganlarning oila aʼzolariga tez yordam koʻrsatish, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. .

Shuningdek, yakshanba kungi kuchli yogʻingarchilik Dushanbe-Xoʻjand yoʻlining ayrim qismlariga ham jiddiy zarar yetkazdi: u yerda sel, koʻchki va tosh qulashlar sodir boʻldi. Magistral yoʻlda harakat vaqtincha toʻxtatildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid