platina.uz
Jamiyat

Doniyor Toshxoʻjayev yana Toshkent shahar IIBBda ish boshladi

Toshxoʻjayev muqaddam, aniqrogʻi 2022 yil 11 fevralga qadar Fargʻona viloyati IIBni boshqargandi.

Doniyor Toshxoʻjayev yana Toshkent shahar IIBBda ish boshladi

Toshxoʻjayev Doniyor Baxtiyarovich Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Toshxoʻjayev muqaddam, aniqrogʻi 2022 yil 11 fevralga qadar Fargʻona viloyati IIBni boshqargandi. Bundan tashqari 2019 yil yanvariga qadar Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari — Tergov boshqarmasi boshligʻi boʻlgan, 2019 yil yanvar oyidan iyun oyigacha Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan.

Bir muddat IIV huzuridagi Tergov departamenti boshligʻi boʻlib ishlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid