platina.uz
Jamiyat

Bir necha kundan beri yer silkinishlari toʻxtamayapti

Oʻzbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Bir necha kundan beri yer silkinishlari toʻxtamayapti

Bugun Afgʻonistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi Oʻzbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Jumladan, ikki kun avval Jizzaxning Yangiobod tumani, keyinroq Andijonning Jalaquduq tumanida 4 magnitudalik zilzilalar roʻy bergan.

Ikki zilzila epimarkazi ham Oʻzbekiston hudududida, biri 10 km chuqurlikda, ikkinchisi 15 km chuqurlikda qayd etilgan. Andijonning Jalaquduq tumanidagi silkinishni Andijon viloyati koʻplab tumanlari 2-3 balgacha sezgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid