platina.uz
Siyosat

Barcha maktablar prezident maktablari darajasiga chiqadi

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qoʻllagan oʻqituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Barcha maktablar prezident maktablari darajasiga chiqadi

Respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qoʻllagan oʻqituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Kelgusi 5 yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi. Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard soʻm ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi oʻquv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard soʻm, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid