platina.uz
Siyosat

31 nafar hokim maktabga ajratilgan pulni bermagan

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev maktablar va oʻqituvchilarga oid yigʻilishda maʼlum qildi.

31 nafar hokim maktabga ajratilgan pulni bermagan

Maktablarni taʼmirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard soʻm ajratildi. Biroq 31 ta tuman va shaharda hokimlar bu maqsadlar uchun mablagʻ bermagan.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev maktablar va oʻqituvchilarga oid yigʻilishda maʼlum qildi. Aytilishicha, oʻtgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmagan.

Natijada yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning oʻzida 350 ming yangi oʻquvchi oʻrinlariga talab bor. Soʻnggi yillarda 70 ming oʻrinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta boʻlgan).

Toshkent shahri va Fargʻonada xususiy maktablar salmogʻi qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qoʻshimcha 150 ming oʻquv oʻrniga ehtiyoji boʻlgan Samarqandda bor-yoʻgʻi 6 ming 300 oʻrinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash toʻgʻrisida bosh qotirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid