platina.uz
Jamiyat

Baykaldagi dahshatli zilzila, Veneraning kashf etilishi

Platina.uz 27 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Baykaldagi dahshatli zilzila, Veneraning kashf etilishi

27 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

1900 yil – Angliyada birinchi shaharlararo avtobuslar harakatlana boshladi.

1934 yil – Kiyev atrofidagi 50 kilometrlik zonada yashil maydonlarni yoʻq qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

1946 yil – Pragada Xalqaro talabalar ittifoqi tuzildi

1955 yil – Ginnesning rekordlar kitobining birinchi nashri 198 sahifada chop etildi. Bugungi kunda har yili 80 milliondan ziyod nusxada 40 ta tilda chop etiladigan mazkur kitob jahonning 100 dan ortiq mamlakatida oʻz muxlislariga ega.

1962 yil – Mariner 2 kosmik missiyasi Venerani kashf qilish uchun joʻnab ketdi.

1978 yil – Eronda siyosiy partiyalar faoliyatiga qoʻyilgan taqiq bekor qilindi.

1980 yil – Buyuk Britaniyada ishsizlar soni 2 million kishidan oshdi.

1991 yil – Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Litva, Latviya va Estoniya mustaqilligini tan oldi.

  • Moldova mustaqilligi eʼlon qilindi.

2000 yil – Moskvadagi Ostankino teleminorasida yongʻin sodir boʻldi.

2004 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga qoʻshilish haqida”gi qarori qabul qilindi.

2008 yil – Baykal koʻlida toʻqqiz magnitudali zilzila qayd etilgan.

2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar.

1871 yil – Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi Teodor German Albert Drayzer tavallud topgan kun. Yozuvchi oʻz ijodida realism bilan naturalism tamoyillarini birlashtirgan.

1937 yil – kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Rashid Hamroyev tavallud topdi. U yirik musiqiy-sahnaviy va simfonik musiqa janrlarida ijod qilib, milliy ohanglar bilan sugʻorilgan, dramatik va lirik jozibador asarlar yaratdi.

1940 yil – futbolchi, sport ustasi Gennadiy Krasnitskiy tavallud topdi (vafoti 1988 yil). U 1959–1968 yillarda Toshkentning “Paxtakor” futbol jamoasi safida mamlakat birinchiligi oliy tabaqasi uchrashuvlarida 102 marta toʻp kiritgan. Sobiq Ittifoq milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibida oʻynab, 37 marta toʻp urgan. Gennadiy Krasnitskiy Janubiy Amerikada oʻtkazilgan xalqaro uchrashuvlar haqida “Rio-de-Janeyrodan Montevideogacha” degan kitob yozgan. U Oʻzbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid