platina.uz
Jamiyat

Navoiyda 4 nafar hokim jazolandi

Navoiy viloyati hokimi imzolagan hujjatga koʻra, 4 nafar hokim hayfsan va jarima intizomiy jazolari bilan jazolandi.

Navoiyda 4 nafar hokim jazolandi

Navoiy viloyati hokimi imzolagan hujjatga koʻra, 4 nafar hokim hayfsan va jarima intizomiy jazolari bilan jazolandi.

Xususan, Qiziltepa tumani hokimi v.v.b. N.Hayitovga hayfsan jazosi berilgan. Chunki u viloyat hokimligining 2023 yil 14 avgustda oʻtkazilgan apparat yigʻilishi bayoni ijrosini taʼminlamagan va ijro intizomini susaytirib yuborgan.

Shuningdek, Gʻozgʻon shahar hokimi A.Bozorov va Xatirchi tumani hokimi v.v.b. I.Muhammadiyev ham hayfsan olgan, Karmana tumani hokimi F.Umarov esa oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima bilan jazolangan.

Ularning jazolanishiga prezident qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani, ishlarni toʻgʻri tashkil etmagani, murojaatlar bilan ishlashda xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygani va oʻziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan qaragani sabab boʻlgan.

Qayd etish kerak, bu hokimlarning ayrimlari oldin ham shunday jazolangan. Masalan, Xatirchi hokimi I.Muhammadiyev 2022 yil yakuniga qadar sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yoʻnalishlarida Mikromarkazlar faoliyatini tashkil etmagani uchun yanvar oyida hayfsan olgandi.

Oʻziga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, mehnat va ijro intizomini buzgan, qish mavsumini betalafot oʻtkazish ishlarini yetarlicha tashkil etmagan Karmana hokimi ham mart oyida hayfsan bilan jazolangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid