platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston Turkmanistondan 2 mlrd. kub gaz import qiladi

Vazirning aytishicha, bu hali faqat boshlanishi.

Oʻzbekiston Turkmanistondan 2 mlrd. kub gaz import qiladi

Oʻzbekiston va Turkmaniston yiliga 2 mlrd. kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

Bu haqda Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov OAVga bergan intevyusidan maʼlum qildi.

"4 avgust kuni boʻlib Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari uchrashuvida tarixiy kelishuvlarga erilishildi. Jumladan, prezidentlarimiz koʻmagida turkman gazini Oʻzbekistonga eksport qilish boʻyicha kelishib olindi. "Turkmangaz" va "UzGasTrade" oʻrtasida qisqa muddatli shartnoma imzolandi", deydi Mirzamahmudov.

Vazirning aytishicha, bu hali faqat boshlanishi. Kelajakda sohada hamkorlik kuchaytirilib, koʻp yillik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Mirzamahmudovning taʼkidlashicha, eksport qilinayotgan gaz toʻliq aholi, mashinalar va sanoat isteʼmoliga yoʻnaltiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid