platina.uz
Jamiyat

Hojiboy tavalludi, AQSh va Germaniya kelishuvi

Platina.uz 25 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Hojiboy tavalludi, AQSh va Germaniya kelishuvi

25 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

1609 yil – Galileo Galiley Buyuk Kengash va Venetsiya Dogega yangi qurilma – teleskopni namoyish etdi.

1810 yil – ingliz ixtirochisi Piter Durand oziq-ovqat mahsulotlarini konserva qutilarida saqlash jarayonini patentladi. Konserva qutilar katta va ogʻirligi deyarli bir kilogramm edi.

1825 yil – Urugvay Braziliyadan mustaqilligini eʼlon qildi.

1835 yil – Qoʻshma Shtatlarda “Nyu-York San” gazetasining Oyda oʻsimliklar topilganligi haqidagi nashri umumiy hayratga sabab boʻldi.

1875 yil – Metyu Uyebb La-Mansh boʻylab suzib oʻtgan birinchi odam boʻldi.

1921 yil – AQSh Germaniya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi.

1928 yil – Albaniya qirollik deb eʼlon qilindi.

1933 yil – Kanada, AQSh, SSSR, Avstraliya va Argentina ushbu mahsulotning jahon narxlarini oshirish va keyinchalik barqarorlashtirish maqsadida Don shartnomasini imzoladilar.

1939 yil – Buyuk Britaniya va Polsha harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi qonunni imzoladilar.

1960 yil – Rimda XVII Olimpiya oʻyinlari boshlandi.

1972 yil – Xitoy Bangladeshning BMTga kirishiga qarshi ovoz berish orqali BMTdagi birinchi vetosidan foydalandi.

1973 yil – tomograf yordamida birinchi rentgenogramma olingan.

1989 yil – Amerikaning Voyadjer kosmik zondi Neptun sayyorasi tasvirlarini Yerga uzatdi.

1990 yil – Abxaziya Oliy Kengashi Abxaziyaning Gruziyadan mustaqilligini eʼlon qildi.

2001 yil – Toshkentdagi Yapon bogʻi tashkil topgan.

2021 yil – Oʻzbekiston Prezidentining «Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2023 yil 1 sentabrgacha turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatilgan.

  • Yaponiya poytaxti Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik suzuvchi Islam Aslanov para suzish boʻyicha bronza medali sohibi boʻldi. Bu paralimpiya oʻyinlaridagi Oʻzbekiston delegatsiyasining ilk bronza medali hisoblanadi.

Tavalludlar.

1923 yil – xonanda va sozanda Fattohxon Mamadaliyev tavallud topgan kun. Oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallari zaminida 50 dan ortiq ashulalar yaratgan.

1955 yil – taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hojiboy Tojiboyev;

1984 yil – aktyor Alisher Uzoqov tavallud topgan kun.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid