Ukraina mustaqilligi va Gorbachyovning keskin qarori
Platina.uz 24 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

24 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Birlashgan millatlar tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tashkil topgan. Ushbu vakolatxona BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular etiborini Oʻzbekiston Respublikasi hukumati belgilangan asosiy yoʻnalishlarga qaratuvchi vakillik hisoblanadi. 1993 yil ochilgan.
Xalqaro gʻalati musiqa kuni – bu amerikalik musiqachi Patrik Grant tomonidan 1998 yilda yaratilgan.
Ushbu bastakorning asarlari turli janr va uslublarni oʻz ichiga oladi - mashhur va klassik musiqadan post-pank, ambiyent va etnik musiqagacha. Ijodiy karerasining boshida, ishga bunday gʻayrioddiy yondashuv tufayli Grant oʻzining yangi diskini chiqarishni xohlaydigan studiya topa olmadi. Natijada, u oʻz yorligʻini yaratdi va uni yangi, gʻayrioddiy musiqalarni yozib olish maqsadida “Gʻalati musiqa” deb nomladi. Strange Music dastlab u tomonidan yangi albomini targʻib qilish usuli sifatida yaratilgan. 24 avgust kuni Grant tomonidan musiqachining oʻziga xos ustozi boʻlgan va uning ijodiy harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan qiz doʻstining otasining tugʻilgan kuni sharafiga tanlandi. Koʻp oʻtmay, musiqa jamoatchiligida Gʻalati musiqa kuni bayram sifatida qabul qilina boshladi, yaʼni “xalq”orasida mashhur boʻldi.
Amerikada vafli bayrami kuni – Sant Luis shahar yarmarkasida muzqaymoq sotuvchisida qogʻoz idishlari tugab qolgani sababli u yonidagi turgan vafli sotuvchisidan yordam soʻradi, shunday qilib dunyoga birinchi vafelni stakanlik muzqaymoq 1869 yilda paydo boʻldi.
Voqealar.
Bugun Oʻzbekiston Oliy Majlis Senatining qirq toʻrtinchi yalpi majlisi boʻladi.
1853 yil – kartoshka chipslari amerikalik oshpaz Jorj Krum tomonidan ixtiro qilingan.
1869 yil – birinchi vafli patentlangan.
1904 yil – Rossiyada jismoniy jazo bekor qilindi.
1906 yil – AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt hukumatning barcha rasmiy hujjatlari imlo tekshirilgandan keyingina nashr etilishini talab qiluvchi farmon chiqardi.
1917 yil – Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning Muvaqqat hukumatiga 100 million dollar kredit berishini eʼlon qildi.
1949 yil – aprel oyida imzolangan NATOni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirdi.
1950 yil – 45 000 yahudiyni Yamandan Isroilga koʻchirish uchun "Sehrli gilam" operatsiyasi oʻtkazildi.
1990 yil – Tojikiston suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi.
1991 yil – Ukraina oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
- Mixail Gorbachyov KPSS Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi va Markaziy Qoʻmitani oʻzini tarqatib yuborishga chaqirdi.
1994 yil – Oʻzbekistonda “Tafakkur jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
2006 yil – Pluton quyosh tizimining sayyorasi hisoblanishdan toʻxtadi va mitti sayyoralar toifasiga oʻtdi.
2021 yil – Yaponiya poytaxti Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlari boshlandi.
2022 yil – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Chaplino temir yoʻl stansiyasiga raketa hujumi uyushtirildi, 25 kishi halok boʻldi.
Tavalludlar.
1946 yil – sanʼatkor Olimjon Orifjonov;
1947 yil – ganchkor usta, meʼmor Abdurahim Umarov;
- Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo;
1964 yil – uchuvchi va fazogir, birinchi qirgʻizistonlik oʻzbek fazogiri Solijon Sharipov tavallud topgan.




