Prigojin atrofidagi xabarlar: "Rosaviatsiya" uning oʻlganini aytdi
Vaziyatga AQSh prezidenti Jo Bayden ham munosabat bildirgan.

"Rosaviatsiya" maʼlumotiga koʻra, halokatga uchragan samolyot bortida "Vagner" harbiylari rahbarlari Yevgeniy Prigojin va Dmitriy Utkin boʻlgan.
"Rosaviatsiya" yoʻlovchilarning toʻliq roʻyxatini eʼlon qildi:
- Sergey Propustin
- Makaryan Yevgeniy
- Totmin Aleksandr
- Chekalov Valeriy
- Utkin Dmitriy
- Matuseyev Nikolay
- Prigojin Yevgeniy
Va ekipaj aʼzolari:
- Levshin Aleksey, qoʻmondon
— Karimov Rustam, ikkinchi uchuvchi
— Raspopova Kristina, styuardessa.
Ushbu oʻn kishidan hech kim tirik qolmagan.
Eslatib oʻtamiz, 23 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida Prigojinga tegishli samolyot halokatga uchragandi. Qator manbalar, jumladan davlat telekanallari Prigojinning oʻlimini tasdiqlagan. Prigojin 24 iyun kuni Rossiyada qoʻzgʻolon koʻtarib omma eʼtiboriga tushgandi.
Vaziyatga AQSh prezidenti Jo Bayden ham munosabat bildirgan. U bu voqeadan hayratda emasligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Ukraina prezidenti devoni mansabdori Mixail Podolyak "Prigojin Putinning vaʼdasiga ishongandayoq oʻlimga mahkum etilganini" bildirdi.